[24小时]聚焦两会 央视拍客访委员 网游成瘾 怎么破?
|
Deizm fizik olamni yaratib, unga boshqa aralashmagan xudo mavjudligiga ishonchdir. Bu ishonch diniy falsafa qismidir. Deizmda xudo olam tashqarisida nima bilan mashg?ul bo?lishi haqida ayon etilmaydi.
Deizm (lotincha: deus — xudo) — diniy falsafiy ta?limot; D. xudoni mukammal tabiat ?mashinasi“ni yaratib, unga qonunlar va harakat baxsh etgan olamiy aql deb e?tirof qiladi, biroq tabiatning o?z harakatlariga xudoning keyingi aralashuvini inkor etadi va xudoni bilish uchun aqldan o?zga yo?lni rad qiladi. 17-asrda yashagan ingliz faylasufi lord G. Cherberi D. asoschisidir (?Haqiqat haqida risola…“, 1624). Deistlar ko?pgina o?zgarmas aqidalar va urfodatlarga qarshi chiqib, aqlga muvofiq keladigan dinni targ?ib etadilar. Ular vijdon va fikr erkinligini himoya qilib, ?tabiiy din“ va ?aql dini“ni vujudga keltirishga intildilar. Moddiyunlar (Angliyada Toland, Kollinz, Pristli, Germaniyada Edelman, Rossiyada Lomonosov va Radishchev) ham, idealistlar (Leybnits, Yum, Kant) ham, eklektik dunyoqarashdagi mutafakkirlar ham D. bayrog?i ostida o?z fikrlarini bayon etishgan. 17— 18 — a. mutafakkirlari: Nyuton (?1693-yil 11 fevralda Bentliga jo?na-tilgan maktub“), Lokk (?Diniy aqida erkinligi xaqida to?rt maktub“, 1685— 1704, 1689—1706-yillarda nashr etilgan; ?Inson aqli haqida tajriba“, 1690), Volter (?Kandid“, 1759; ?A, V va S orasidagi suhbat“, 1768), Jefferson, Franklin (?Birinchi ibtido“, 1840), shuningdek, ?erkin fikrli“ Sheftsberi (?Tashabbus haqida maktub“, 1708), Tindal (?Sirru asrorsiz masixiylik“, 1730), Boling-brok, Russo va Lessinglar ham deist edilar. Biroq 18-asr oxiriga kelib D. Fransiyada Golbax, Didro, Rossiyada N. Kryukov, A. Baryatinskiylar tomonidan tanqidga uchradi. Hoz. vaqtda D. alohida oqim sifatida tan olinmaydi. Ammo ko?pchilik tabiatshunoslar olamning tartibli ravishda tuzilganida uning shaxsiy xususiyatga ega bo?lmagan xalloqi borligi isbotini D.da ko?radilar va shu sababli bu aqidaga qo?shiladilar[1].
Deistlar odatda ilohiy, deb da?vo qilinuvchi hodisalar (vahiy, muqaddas kitoblar nozil bo?lishi, mo?jizalar) aslida unday emas, deb ta?kidlashadi. Deizmga ko?ra xudo odamlar ishlariga va tabiat qonunlariga aralashmaydi. Teistlar tomonidan ?muqaddas kitoblar“, deb qaraluvchi asarlarni deistlar odamlar faoliyati mahsuli, deyishadi. Deistlarga ko?ra, xudoning odamlarga bergan in?omi din emas, balki fikrlash qobiliyatidir.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Spiritual Deism (Wayback Machine saytida 2025-08-14 sanasida arxivlangan) (ingl.)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrog?iga almashtirish kerak. |