日再批潘基文出席9·3阅兵 潘基文出席北京阅兵遭斥
|
Hinduiy dini, hinduizm – dunyoda keng tarqalgan dinlardan biri. Hinduiy diniga e?tiqod qiluvchilar asosan Hindistonda (83% ga yaqini) yashaydi, Pokiston, Bangladesh, Nepal, Shri Lankada, shuningdek, Janubiy Afrikada, sharqiy Osiyoda ham uchraydi. Hinduiylikka 780 mln. kishi e?tiqod qiladi (2003). Milodning 1-ming yilligida shakllangan. Hinduiy dini Veda dini va brahmanizm rivojlanishi va unga keyinchalik xalq e?tiqodi, urf-odatlari, marosimlari singib ketishi jarayonida paydo bo?lgan. O?rta asrlarda hukmron mafkuraga aylangan.
Hinduiylikning asosida jonning yangi shaklga kirishi (sansara) haqidagi ta?limot yotadi. Unga ko?ra, kishi o?lgandan keyin joni (ruhi) yangi o?simlik, hayvon yoki inson tanasiga kirib oladi va qayta tug?iladi. Yangi ruhning qay darajada bo?lishi karma qonuniga, ya?ni kishining hayot davridagi xulq-atvori, xatti-harakatiga bog?liq. Hinduiylikning asosiy maqsadi – insonni mana shu qayta tug?ilish zanjiridan, azob-uqubatidan halos qilish, ya?ni mokshaga erishish. Hinduiylikdagi turli diniy-falsafiy ta?limotlar mokshaga erishishning yo?llari va vositalarini ishlab chiqdilar. Xususan, vedanta Hinduiylikka falsafiy asos bo?lib xizmat qildi. Hinduiylikka e?tiqod qiluvchilar qaysi kastaga mansubligiga qarab diniy rasm-rusumlarni bajarishda farqlanadi. Ular vafot etganlarida yerga ko?milmaydi, balki olovda kuydiriladi. Hinduiylikga ko?ra shunday qilinsa marhum poklanadi, gunohlari bu dunyoda qoladi. Olov u dunyoga gunohlardan xoli bo?lgan jonning o?zini olib ketadi. Bu dinning aqidalariga ko?ra, odamzot yaratilishidayoq ijtimoiy jihatdan tengsiz yaratilgan. Shuning uchun bu tengsizlikni real hayotda tugatishning iloji yo?q. Chunki unga ta?sir etishga qodir bo?lgan kuchning o?zi yo?q.
Hinduiylikning Muqaddas kitobi Vedalar, ?Mahobxarata“ (ayniqsa uning ?Bahagavadgita“ va ?Ramayana“ qismlari) va boshqa.
Hinduiy diniga ko?ra, Xudo – Brahma deya ataladi.
Din payg?ambari – Krishna
Halokat farishtasi- Shiva.
Hinduiylikda tog?lar, daryolar (xususan, Gang), o?simlik (mas, nilufar), hayvonlar (maymun, fil, ilon va ayniqsa, sigir) Muqaddas sanaladi va ular e?zozlanadi. Diniy marosimlar ibodatxonalarda, uylardagi mehroblar yonida, muqaddas joylarda ado etiladi. Hozirgi Hinduiylik 2 oqim – vishnuizm va shivaizm shaklida mavjud.
![]() | Ushbu maqolada O?zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma?lumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrog?iga almashtirish kerak. |