黑龙江省网信工作会议在哈尔滨召开
Gomer | |
---|---|
![]() | |
Asl ismi | ?μηρο? |
Tavalludi | eramizdan avvalgi VIII asrdan |
Vafoti | EA 8-asr |
Kasbi | Shoir |
Ijod qilgan tillari | Qadimgi yunon tili |
Fuqaroligi | Ionian League |
Yo?nalish | qahramonlik epos |
Gomer (qadimgi yunoncha: ?μηρο?, Hómēros) yunon shoiri, ?Iliada“ va ?Odisseya“ asarlari muallifidir. Uning hayoti haqida aniq ma?lumotlar yo?q. Turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda uning yashab o?tgan davrini mil. av. XII asr bilan VII asr ora-lig?ida deb ko?rsatiladi. Gomerning so?qir bo?lgani, o?z asarlarini baxshilar kabi og?zaki aytgani ma?lum. Ularni kim, qachon yozib olgani aniq emas. Gomerga nisbat berilgan asarlar ko?p, ammo gomershunoslar kup tortishuvlardan keyin faqat 2 asarni — ?Iliada“ va ?Odisseya“ Gomerniki deb tan olishgan. Ularning ikkovi ham qahramonlik eposi bo?lib, yunon mifologiyasi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, ularda faqat she?rlar, afsonalar va rivoyatlargina emas, real tarixiy vokealar ham aks etgan. Jumladan, ?Iliada“ dostonida tasvirlangan Troya ko?p zamonlar afsonaviy shahar hisoblanib kelingan, ammo buyuk arxeolog Shpilman ko?p yillik izlanishlardan so?ng uni topdi va bu shahar tarixda mavjud bo?lganini isbot qildi. Gomer asarlaridan namunalar o?zbek tiliga tarjima qilingan (Mirtemir, Qodir Mirmuhamedov va boshqalar).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |